Menyu

Xalqaro ekspert ishtirokida Milliy malaka tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

3-Avgust, 2026-yil

Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Ko‘nikmalarni rivojlantirish” (Skills Development Project) loyihasi doirasida UNESCO xalqaro tashkiloti vakillari hamda xalqaro ekspert Dana Stroie ishtirokida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv xalqaro ekspertning O‘zbekistonda malaka reyestrini shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan ikkinchi hamkorlik tashrifining rasmiy boshlanishiga bag‘ishlandi.

Uchrashuv davomida ekspertning birinchi ishchi dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, joriy tashrifning asosiy vazifalari, kutilayotgan natijalari hamda Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutining istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlari muhokama etildi. Shuningdek, tomonlar hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi va o‘zaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar.

Qayd etilganidek, Dana Stroiening joriy yil 5-avgustga qadar davom etadigan uchrashuv davomida soha mutaxassislari uchun kasbiy standartlar va malaka standartlarini takomillashtirishga qaratilgan amaliy seminar-treninglar tashkil etiladi. Mazkur o‘quvlar milliy malaka tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda malaka reyestrini shakllantirish bo‘yicha ilg‘or yondashuvlarni joriy etishga xizmat qiladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar Milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish, xalqaro tajribalarni keng joriy etish hamda mehnat bozori talablariga mos, zamonaviy va raqobatbardosh malakalar tizimini shakllantirish borasidagi hamkorlikni izchil davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Mazkur xalqaro hamkorlik O‘zbekistonda Milliy malaka tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, malakalar sifati va ularning xalqaro darajada tan olinishi uchun zarur institutsional asoslarni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

Powered by GSpeech